Sport | 09:20 / 30.01.2018
7256
1 daqiqa o‘qiladi

Jiru «Chelsi»ga o‘tadi

«Arsenal» va «Chelsi» Olive Jiru transferi borasida kelishuvga erishdi.

Sky Sport Italia sayti jurnalisti Janluka Di Martsioning ma'lumotiga ko‘ra, «ko‘klar» ushbu forvardni 15 million funt evaziga sotib oladi. «Chelsi» shuningdek, «to‘pchilar»ga bonuslar va'da qilgan.

Jiruning transferi Per-Emerik Obameyang Dortmundning «Borussiya»sidan «Arsenal»ga kelib qo‘shilgachgina rasmiylashtiriladi.

Shu bilan bir vaqtda Mishi Batshuayi «Chelsi»ni tark etib, nemis klubi safiga yo‘l olishi kutilmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda «Arsenal» Jiru uchun 35 million funt talab qilayotgani haqida aytilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid