Jahon | 07:30 / 31.01.2018
6610
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Xitoyga safarini boshladi

Foto: telegraph.co.uk

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyning Xubey viloyatidagi Uxan shahriga yetib kelib, Xitoyga rasmiy tashrifini boshladi. Bu haqda 31 yanvarda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.

Mey Xitoyga uch kunlik tashrifi davomida Xitoy rahbariyatining bir qator vakillari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad esa ikki tomonlama savdoni faollashtirish va optimallashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid