Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonlik 9 yashar qiz jahon rekordini yangiladi
Keyingi paytda taxtako‘pirlik 9 yashar Jansuluv Tatlimuratovaning jahon rekordini yangilagani to‘g‘risidagi xabar shov-shuv bo‘lib ketdi.
“Xalq so‘zi” nashrining yozishicha, Taxtako‘pir tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha shug‘ullanib kelayotgan Jansuluv o‘tgan yilning 8 dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan noyob qobiliyatli bolalarning “Indigo” sport musobaqasi finalida temirni 5 daqiqa tishlab turdi va jahon rekordini yangiladi. Undan oldingi eng yaxshi natija 4 daqiqayu 30 soniya edi.
— Jansuluv 3 yoshidan boshlab sport maktabimizga qatnay boshlagan, — deydi rekordchining ustozi, badiiy gimnastika bo‘yicha mutaxassis Gulsara Ondasinova. — O‘tgan davrda u juda ko‘plab musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 2015 yil 31 dekabrda Toshkentda o‘tkazilgan “record.uz-2015” musobaqasining final bosqichida “Eng egiluvchan plastik qiz” degan e'tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu musobaqaning 2016 yilgisida g‘olib bo‘lib, Xitoy mamlakatida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda Jansuluv musobaqaning Rossiya davlatida o‘tkaziladigan bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
— Qizimga ko‘z tegmasin, deb ham xavotirlanaman, — deydi onasi Gulmira opa. — Chunki, uyda tayyorgarlik jarayonida u o‘sha usulda 7 daqiqagacha turishga erishdi. Hozir ustozlari uni Rossiyada bo‘ladigan musobaqaga 10 daqiqacha tura oladigan holatga tayyorlashyapti. Ishqilib, omadini bersin.
Jansuluv onasining aytishicha, Ginnesning rekordlar kitobiga xat yo‘llangan va ijobiy javob kelishidan umidvor.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026