Sport | 08:20 / 31.01.2018
8379
2 daqiqa o‘qiladi

Mxitaryan debyut qilgan o‘yinda «Arsenal» chempionat autsayderiga yutqazdi

Londonning «Arsenal» klubi Angliya chempionatining 25-turida «Suonsi» mehmoni bo‘ldi.

Suonsida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 33-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Nacho Monreal hisobni ochgan bo‘lsada, bir daqiqa o‘tib Sem Klukas hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning 60-daqiqasida londonliklar safida jamoaning yangi a'zosi Genrix Mxitaryan maydonga tushirildi. Ammo uning debyuti omadsiz keldi, 61-daqiqada Jordan Ayyu mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Klukas dublni rasmiylashtirdi - 3:1.

Endilikda «Suonsi» ochkolari sonini 23taga yetkazib, 20-o‘rindan 17-o‘ringa ko‘tarildi. Arsen Venger jamoasi esa 42 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda qoldi.

Angliya chempionati 
25-tur

Suonsi – Arsenal 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 33 Monreal, 1:1 – 34 Klukas, 2:1 – 61 Ayyu, 3:1 – 86 Klukas.
Suonsi – Fabianski, Noton, van der Xorn, Fernandes, Mouson, Olsson, Dayyer (Kerroll, 83), Fer, Ki Son Yen, Klukas (Rautledj, 90), Ayyu (Boni, 88).
Arsenal – Chex, Belerin, Koselni, Mustafi, Monreal, Remzi, El-Nenni (Mxitaryan, 60), Chaka, O‘zil, Lyakazett, Ivobi (Jiru, 76).
Ogohlantirishlar: El-Nenni (54), Bellerin (69), O‘zil (75).

Mavzuga oid