O‘zbekiston | 12:06 / 31.01.2018
9073
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratishni ma'qulladi

Foto: Getty Images

Jahon banki (JB) O‘zbekistonga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 500 million dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qildi. Bunday qaror kecha, 30 yanvar kuni qabul qilindi.

JB ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va qishloq tumanlarning rivojlanishi transformatsiya jarayonlari markazida.

Jahon bankidan hisoblashlaricha, meva-sabzavotchilikka o‘tish davlat investitsiya strategiyasining muhim qismidir.

«Hukumat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, paxta yetishtirishdan uzoqlashgan holda meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kabi yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash lozimligini tan olmoqda», - deya ma'lum qildi JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yaxshi haq to‘lanuvchi ish o‘rinlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirishni mustahkamlash va mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid