Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oxirgi kundagi transferlar: «Arsenal»da hammasi joyida, «Siti» xatoga yo‘l qo‘ymadi
31 yanvar kuni qishki transferlar darichasi yopildi. Dedlayn arafasida jamoalar kutilgan va kutilmagan transferlarni amalga oshirishdi. Doimgidek bu safar ham ingliz klublari faollik ko‘rsatishdi.
Dedlaynning asosiy transferlari:
1. Per-Emerik Obameyang. «Borussiya»dan «Arsenal»ga 63 mln yevro evaziga;
2. Olive Jiru. «Arsenal»dan «Chelsi»ga 20 mln yevro evaziga;
3. Lukas Moura. «PSJ»dan «Tottenhem»ga 28,4 mln yevro evaziga;
4. Mishi Batshuayi. «Chelsi»dan «Borussiya»ga mavsum oxirigacha ijaraga (1,5 mln yevro);
5. Mark Bartra. «Borussiya»dan «Betis»ga 10,5 mln yevro evaziga;
6. Eliakim Mangalya. «Manchester Siti»dan «Everton»ga mavsum oxirigacha ijaraga;
7. Islam Slimani. «Lester»dan «Nyukasl»ga ijaraga;
8. Andre Ayyu. «Vest Hem»dan «Suonsi»ga 22,8 mln yevro evaziga;
9. Papa Ndiayye. «Galatasaroy»dan «Stok Siti»ga 16 mln yevro evaziga;
10. Sofyan Xanni. «Anderlext»dan «Spartak»ka 8 mln yevro evaziga.
Per-Emerik Obameyang «Arsenal»ga: ko‘rinishidan, «Arsenal» ushbu transferni rejalashtirmagandi, ammo hujumda supertop juftlik hosil qilish rejasi o‘ta jozibali chiqib qoldi. Aslida bunday yo‘l tutish – arsenalcha emas. Lekin endi «Arsenal»da van Persining gullagan davrlaridan beri ilk marta hujum chizig‘i vahimali ko‘rinish olmoqda.
Lekin bir jihati borki, Obameyang «Arsenal»ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun yagona imkonga aylanayotgan Yevropa Ligasi o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Venger turnirga Genrix Mxitaryanni zayavka qilishga qaror qilgan (u joriy mavsumda yevrokuboklarda o‘ynab qo‘ygan ikki futbolchidan faqat birinigina turnirga zayavka qilishi mumkin edi).
Gabonlik hujumchi joriy mavsumda ko‘p foyda keltirmasligi mumkin, ammo keyingi mavsumda Obameyang, Lyakazett, Mxitaryan va O‘zildan iborat hujum to‘rtligi har qanday raqibga dahshat sola oladi!
Lukas Moura «Tottenhem»ga: Pochettino ko‘p marta o‘ziga shunday tipdagi futbolchi kerakligini aytib kelardi. «Bizga to‘g‘ridan hujum qila oladigan futbolchi kerak. Eriksen, Son, Lamela va boshqalarga to‘pni qulay yetkazib bera oladiganlar kerak. Bizga raqib himoya chizig‘ini «buza oladigan» futbolchi kerak». Maurisio o‘ziga Sado Mane kabi futbolchi kerakligini aytardi va endi shunday futbolchiga ega bo‘ldi.
Biroz vaqt muqaddam argentinalik mutaxassis bunday futbolchi siymosini Mussa Sissokoda ko‘rgandi, ammo fransuz futbolchining birinchi mavsumi juda yomon kechdi, hozir u yaxshi o‘ynay boshladi, ammo boshqa rolda: Pochettino undan qarshi hujumlarda samaraliroq foydalanmoqda. Moura – jismonan yetuk futbolchi, endi uni o‘rgatish va uning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltira olish kerak.
Pochettino bunday ish bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtiradi.
Olive Jiru «Chelsi»da: Konte baribir hujumchiga ega bo‘ldiye. Olive u istagan hujumchi bo‘lib chiqdi – qolaversa, uning nomzodi Krauch, Kerrol, Lorente va Solomon Rondondan yaxshiroq edi. Fransiyalik futbolchi Djyekodan farqli ravishda 1,5 yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘ldi.
Mishi Batshuayi «Dortmund»da: «Borussiya» hujumchiga muhtoj edi. Shyurrle markaziy hujumchi rolini bajara olmasdi. Klub muzokaralarda qat'iy pozitsiyada turib oldi: ular o‘rniga munosib hujumchi topilmas, Obameyangni 63 million yevroga ham bermoqchi emasdilar.
Batshuayi – Obameyang darajasidagi hujumchi emas, ammo «Dortmund» safidagi va transferlar bozoridagi boshqa bo‘sh hujumchilardan ancha yaxshiroq. Konte Mishiga ishonch bildirmadi va uni faqat majbur bo‘lganida o‘ynatdi. Shunga qaramasdan, belgiyalik bu yosh futbolchi mavsum yarmiga kelib barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarda 10ta gol urib ulgurdi. Amalda Batshuayi kabi hujumchini barcha murabbiylar qadrlashadi, ammo Kontening talablari boshqacha ekan.
Mark Bartra «Betis»da: Kike Seten jamoasi uchun muhim investitsiya. O‘tgan mavsumda u «Las-Palmas»dagi yigitlarni to‘p bilan muomala qilishga o‘rgatgandi. Uning shogirdlari La Liga o‘yinlarda to‘pga egalik qilish bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etishgandi («Barselona»dan keyingi ikkinchi, «Real»dan oldin).
Uning «Betis»i ham shu uslubda harakatlanmoqda va yuqoridagi ko‘rsatkich bo‘yicha chempionatda kuchli beshlikda. Bunday futbol asosi esa – darvozadan boshlab pas berib o‘ynashdir. Ammo himoyadan pas bilan chiqishda xatolar kuzatilayotgandi – ayniqsa Zuxair Feddal tomonidan.
«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanmish Bartra bunday o‘yin ko‘rsatish borasida «Betis»ning har qanday futbolchisidan ustun. U klub uchun ideal variant edi, Seten – esa Mark uchun o‘tgan mavsumda «Borussiya»dagi noxushliklardan keyin eng kerakli mutaxassis.
Eliakim Mangalya «Everton»da: Laportning transferi «Siti»ga Mangalyani qo‘yib yuborishga imkon yaratib berdi, u jamoadagi eng kuchsiz futbolchi edi, ayniqsa to‘p bilan muomala qilish borasida. U ahyon-ahyonda maydonga tushsa ham raqiblar uning kamchiliklaridan unumli foydalanishdi. Pep jamoasida bunday futbolchiga hech qanday imkoniyat yo‘q edi.
Mangalya «Everton»da raqobatga bardosh berishi ham qiyin: bu yerda ham tajribali himoyachilar jamlangan.
Ehtimol, Mangalyani yangi jamoasida kutilmagan rol kutayotgandir. Leyton Beyns jarohatda, «Everton»da esa chap oyoqda yaxshi harakatlanuvchi boshqa himoyachi yo‘q. Ellardays uning shu ustunligidan foydalanishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin, aslida markazda himoyalanuvchi Mangalyani chap qanotda o‘ynatish ham mumkin.
Islam Slimani «Lester»dan «Nyukasl»ga: Klod Pyuel hujum chizig‘i sxemasini o‘zgartirdi: endi «Lester» 4-4-2 o‘rniga 4-2-3-1 sxemasidan foydalanmoqda. Vardi – asosiy tarkibning almashmas hujumchisi, uning ortida Demerey Grey yoki Mahrez (Okadzaki ham bor) harakatlanadi. Slimani bunday rolni bajara olmadi, Benitesga esa hujumchi kerak edi. Jazoirlik bu futbolchi Xoselu o‘rniga jamoaning markaziy hujumchisiga aylanadi.
Barbod bo‘lgan transfer
Riyoz Mahrez «Manchester Siti»ga o‘ta olmadi: «Siti» Leroy Saneni yo‘qotgach (u 7 haftaga safdan chiqdi) zudlik bilan uning o‘rniga futbolchi qidira boshladi. Gvardiola birinchi e'tiborini aynan jazoirlik futbolchiga qaratgandi.
Manchesterliklar uning transferi uchun 3 marta taklif yo‘llashdi - 55, 60 va 65 million funtlik – APLda chempionlikni deyarli hal qilgan va Chempionlar ligasida «Bazel»ga qarshi oson o‘yinlar oldida turgan jamoa buncha katta mablag‘ sarflashiga hojat yo‘q edi. Ammo «Lester» o‘jarlik bilan Mahrez uchun 95 mln funt talab qilib turib oldi va barchasidan quruq qoldi.
«Siti» katta xarajat qilishdan saqlanib qoldi, «Lester» esa mojaro girdobida qoldi. O‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragan Mahrez Manchesterga keta olmagach, jamoaga boykot e'lon qildi. Endi u «Lester» safida o‘ynashni istamayapti.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026