Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota 645 ming avtomobilini qaytarib olmoqda
Toyota kompaniyasi mashinalaridagi xavfsizlik yostiqchalari bilan yuzaga kelgan muammo sababli butun dunyo bo‘ylab 645 mingtaga yaqin avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniyaning AQShdagi filiali bayonotida aytilgan.
2015 yil may oyidan 2016 yil mart oyigacha ishlab chiqarilgan Toyota Prius sedani hamda Lexus RX va Lexus NX krossoverlari qaytarib olmoqda.
Toyota’da ta'kidlanishicha, bu modellardagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv yuz berishi va buning oqibatida xavfsizlik yostiqchalari avariya vaqtida ochilmay qolishi mumkin. Bu nosozlik xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo sababli mojaro markazida qolgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘lanmagan. Toyota nosozlikni bepul bartaraf etishni o‘z zimmasiga oldi. Kompaniyaga ushbu nosozlik tufayli biror kor-hol yuz bergani ma'lum emas.
Toyota yanvarda Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar sababli Shimoliy Amerikadan 600 mingdan ko‘proq avtomobilini qaytarib olishga majbur bo‘lgandi. Bu muammo sababli xavfsizlik yostiqchalari avariya vaqtida to‘g‘ri ochilmay, avtomobildagi odamlarga metall bo‘laklarini otishi mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
09:00 / 15.11.2025