Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konor Makgregor keyingi jangi haqida gapirdi
Foto: AFP
Irlandiyalik jangchi, UFC’ning 70 kilogrammgacha vazn toifasida chempioni bo‘lgan Konor Makgregorning ma'lum qilishicha, ayni damda u keyingi raqibi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
«Men Floyd Meyvezerning o‘yiniga kirdim, endi u menikiga kelishi lozim. Ko‘ramiz. Hozirda keyingi raqib bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdaman. Bizda variantlar ko‘p. Yengil vaznda «vaqtinchalik» chempion bor. Mag‘lub bo‘lmagan dog‘istonlik bor, hamda ehtimol bu Rossiyadagi katta shouga aylanar. Neyt Diasga qarshi trilogiya mavjud.
Albatta, Meyvezer bilan jang ham bor. Variantlar ko‘p, shuning uchun biz hozirda muzokaralar stolidamiz. Agarda Floyd buni qilmasa, bu uni umrining so‘nggi kunlariga qadar ta'qib qiladi. Men buni qilishimni aytdim, uning o‘yiniga kirdim va qildim. Endi uning navbati», - deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi MMAjunkie.com.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik sportchi Konor Makgregorni «buzib tashlamoqchi» ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025