Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya ta'siri bilan kurashish uchun» - Yevroittifoq chegaralarini kengaytirmoqchi
Foto: RIA "Novosti"
Yevropa ittifoqi Bolqon yarim orolining birdaniga olti davlatiga tashkilotga a'zolikni taklif etmoqchi, bu Rossiya ta'siri hamda migratsiya oqimi bilan kurashish uchun kerak, deb xabar qilmoqda Financial Times.
Gap Albaniya, Serbiya, Chernogoriya, Kosovo, Makedoniya va Bosniya hamda Gertsegovina haqida ketmoqda. Bunday qaror Bolqon davlatlari o‘zi orqali asosiy migratsiya oqimini o‘tkazishi bilan ham bog‘liq, u Yevropada inqirozga olib keldi.
Bundan tashqari, Bryusseldagilarning xavfsirashicha, Moskva mintaqada ta'sirini kuchaytirmoqda va Yevroittifoqqa a'zolik bo‘yicha va'dalar ishonchsiz ekanini aytib, o‘zini muqobil sherik sifatida taklif qilyapti.
Nashrning ta'kidlashicha, kengaytirish bo‘yicha rejalar Yevrokomissiya hujjatida aks etgan, u 6 fevral kuni e'lon qilinadi. Eng qisqa muddat sifatida 2025 yil belgilangan, biroq uni real sana sifatida emas, balki rag‘batlantirish omili kabi ko‘rishmoqda. Olti nomzoddan faqat ikkitasi – Serbiya va Chernogoriya – YeIga kirish borasida muzokaralar boshlagan.
Yevropa ittifoqiga so‘nggi kirgan davlat Xorvatiya bo‘ldi (2013 yil). Tashkilot tarixida faqat bir mamlakat uni tark etish haqida e'lon qildi – 2016 yilning iyunida Buyuk Britaniyada referendum o‘tkazilib, unda saylovchilarning 51,9 foizi Brexit uchun ovoz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mavzuga oid
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
07:52 / 07.05.2026