Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi
Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt mehmonlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, shaharda “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu guruhlar zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta'minlandi.
“Maxsus patrul” guruhlari tomonidan shahar fuqarolari hamda chet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, poytaxtning “Toshkent vokzali”, “I.Karimov Xalqaro Aeroporti” va “Mustaqillik maydoni” obektlarida xizmat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi.
Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan “Transleyter” dasturiy tizimi yordamida, mehmonlar bilan chet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qilish hamda “Navigator” dasturiy tizimidan foydalangan xolda poytaxtimizning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma'lumotlar taqdim etib yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.








Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026