O‘zbekiston | 19:06 / 02.02.2018
8672
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MKKning navbatdagi majlisida ishtirok etdi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 30 yanvar – 2 fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuv doirasida ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga, tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida «ShHT – Afg‘oniston» muloqot guruhi, Bosh prokurorlar majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018 yil uchun Hamkorlik dasturi, 2018 yil uchun asosiy tadbirlar dasturi loyihalari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘ngida yakuniy Bayonnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid