Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir martalik ishga yollanganlarga ham imtiyozlar joriy etiladimi?
SAVOL: Men tarjimonman va bir tashkilot bilan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzganman. Men barcha kasaba uyushmasining mablag‘lari hisobidan mehnat jamoasi bir kunlik dam olishga ketayotgani haqidagi xabarni eshitdim. Meni esa hech kim taklif qilmadi. Bu adolatdanmi, axir men ham ular bilan birga mehnat qilamanku?
E. Abdurazzoqov
JAVOB: Agar jamoa shartnomasida o‘zgacha holatlar aks ettirilmagan bo‘lsa, dam olishga mehnat jamoasi a'zolari taklif qilinganliklari haqida so‘z yuritilganda korxonada mehnat shartnomasi asosida mehnat qilayotgan va kasaba uyushmasi mablag‘i hisobidan bo‘lganligi uchun unga a'zolik badali to‘lagan xodimlar nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra bir martalik xizmat ko‘rsatadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha bir martalik ishlarni bajaradigan jismoniy shaxslar mehnat jamoasining a'zolari hisoblanmaydilar.
Afsuski, siz mehnat jamoasining a'zosi hisoblanmaysiz, chunki siz tarjimalarni xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirasiz va sizning ishingiz bir martalik hisoblanadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatari, ichki mehnat tartib qoidalari va jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan kafolatli to‘lovlar va boshqa imtiyozlar sizga tatbiq etilmaydi.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
14:42 / 20.06.2025
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi
17:15 / 05.03.2025
Fuqarolarni mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga olganlar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
20:52 / 05.02.2025
Rossiyada migrantlar mehnat shartnomasi muddati tugagach, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishi mumkin
17:50 / 17.01.2025