2025 yil 5 fevraldan boşlab Rossiyada migratsiya qonunçiligini buzgan xorijiy fuqarolarning elektron reyestri işlay boşlaydi. Bu haqda Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.

Unga köra, reyestr har kuni yangilanadi va undan iş beruvçilar, tadbirkorlar, çet el fuqarolari bilan mehnat şartnomasi tuzişni rejalaştirayotganlar, davlat idoralari foydalanişi mumkin.

«Içki işlar vazirligi axborot markazi negizida çet el fuqarosining Rossiyada qonuniyligini tekşiriş imkonini beruvçi oçiq ma’lumotlar bazasi işlaydi va şundan keyingina qonun iş beruvçiga u bilan mehnat şartnomasini tuziş huquqini beradi», dedi Gorovoy.

Uning qöşimça qilişiça, portalning texnik tayyorgarligi allaqaçon ta’minlangan va hozir u töldirilmoqda. Yangi qoidalarga köra, noqonuniy migrantlarning turmuş qurişi yoki ajraşişi, transport vositalarini boşqarişi yoki röyxatdan ötkazişi, aviaçiptalar sotib olişi mumkin emas.

Avvalroq, 2024 yil sentabr oyida Rossiyada nazorat ostida böladigan şaxslar reyestri yaratilişi haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlar bazasining oçiq qismida faqat röyxatda xorijlik borligi yoki yöqligi haqidagi ma’lumotlar böladi. Yopiq tizim ism, tuğilgan sana, jins, hujjat raqami va seriyasi kabi şaxsiy ma’lumotlarni öz içiga oladi.