Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy amaldagi xalqaro munosabatlar tizimi bo‘yicha bayonot berdi
Xitoy amaldagi xalqaro munosabatlar tizimini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, uning asosida BMT turibdi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri Van I ma'lum qildi.
«Biz asosi BMTda bo‘lgan amaldagi xalqaro tizimni qat'iy qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilib, kengaytiramiz», - deya diplomatning so‘zlarini keltiradi «Sinxua» agentligi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin xalqaro maydonda barqarorlik va tartibni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan harakatlarini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo Xitoyning G‘arbga yashirin tarzda ta'sir ko‘rsatishga urinishi, xuddi Rossiyaning «qo‘poruvchilik faoliyati» kabi muhim narsa ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:41
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026