Jahon | 22:49 / 03.02.2018
33426
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi

Foto: AFP 2018 / Omar Haj Kadour

3 fevralda Suriyaning Idlib viloyatida Rossiyaning Su-25 harbiy samolyoti urib tushirildi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan, biroq jangarilar bilan jangga kirishib, halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.  

“Idlib” deeskalatsiya hududini uchib o‘tish vaqtida Rossiyaning Su-25 samolyoti falokatga uchradi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, uchuvchi “Jibhat an-Nusra” jangarilari tomondan nazorat qilinuvchi hududda katapulta qilganini ma'lum qilishga ulgurgan.

Rossiyaning Suriyadagi qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi Turkiyaning “Idlib” hududi uchun javobgar vakillari bilan rossiyalik uchuvchi jasadini qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot ko‘chirib yuriluvchi zenit-raketa majmuasidan urib tushirilgan”, deyilgan xabarda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid