Jahon | 21:38 / 05.02.2018
18552
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada 6 oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi

2 hafta avval Britaniyaning Darem grafligida 5 ta normal va bitta rivojlanmay qolgan oyoqqa ega qo‘zichoq tug‘ildi. Qo‘zichoqning egasi Enji Jyevitt unga Xoup (Umid) degan nom berdi.

Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, qo‘zichoq dastlab so‘yilmoqchi bo‘lgan, biroq o‘zining noodatiyligi sababli bunday ayanchli yakundan qochib qutulgan. Qo‘zichoq egalari unga yashash uchun imkoniyat berishga qaror qilishgan va u bundan unumli foydalanishga qaror qildi. 

Xoup o‘zining 5 ta oyog‘ida boshqa qo‘zilardan hech ham qolishmagan holda sakrab-sakrab yuradi. Unga to‘liq rivojlanmagani sabab tuyog‘i bo‘lmagan 6-oyog‘i ham xalaqit qilmaydi. Qo‘zichoqni ko‘zdan kechirgan veterinarning fikricha, kelgusida qo‘zichoqqa uning ortiqcha oyoqlari sababli operatsiya qilishga ehtiyoj bo‘lmaydi.

Foto: Imgur.com
Foto: Imgur.com

Endi Xoup egalarining uyida “ardoqda” – u uchun fermada alohida uycha qurib berilgan. Qo‘zichoq egasining aytishicha, u Xoupni yaxshi ko‘rib qolgan va shaxsan o‘zi uni butilkadan ovqatlantiradi.

Foto: Imgur.com

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid