Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an terrorizmni irqchilik hujumlari bilan tenglashtirdi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Italiyaning Macherata shahrida 3 fevral kuni yuz bergan favqulodda hodisaga izoh berarkan, terrorizmni irqchilik hujumlari bilan tenglashtirdi.
O‘sha kuni o‘ta o‘ng qarashlarga ega bo‘lgan yosh yigit ko‘chada turgan qoratanli migrantlarni o‘qqa tutdi, natijada olti kishi jabrlandi.
«Italiyada yuz bergan hodisa ksenofobiya naqadar xavfli tus olganini ko‘rsatib berdi. Terrorchilik tashkilotlari hujumlari va irqchilik asosidagi hujumlar o‘rtasida katta farq yo‘q», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi TASS.
Mavzuga oid
13:29 / 13.02.2026
Olimpiada-1936 ramzi tushirilgan futbolka onlayn-do‘konda “tugab qoldi”
19:39 / 11.02.2026
Singapur Olimpiada g‘olibligi uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
08:36 / 07.02.2026