Royal quyosh suv isitgichlari – O‘zbekistondagi innovatsion texnologiya
Zamonaviy dunyo rivojlanib borayotgani sari – energiya manbalariga ehtiyoj ham oshib bormoqda. Tinimsiz rivojlanish tufayli, oxirgi 15 yil davomida yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 23 foizga oshdi. Shu sababli, tabiiy energiya manbalarini saqlab qolish uchun, muqobil energiya manbalaridan foydalanish zaruriyati yildan-yilga kuchaymoqda. Hozirda suvni isitish va boshqa ehtiyojlar uchun eng faol qo‘llaniladigan muqobil energiya manbai - quyosh energiyasi hisoblanadi.
Yurtimizda tabiiy resurslarni tejamkorlik bilan qo‘llash maqsadida 2017 yil 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorini qabul qildi. Ushbu qarorga binoan 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari o‘z balansida bo‘lgan bino va inshootlarda issiq suv ta'minoti uchun faqat sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalarini ishlatishlari shart.
Quyosh energiyasidan suv isitishda foydalanuvchi yetakchi davlatlar Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstraliya, AQSh va Janubiy Koreya hisoblanadi. Endilikda, O‘zbekistonda ushbu innovatsion texnologiyalar Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqarilmoqda.
Royal quyosh suv isitgichlari zamonaviy Germaniya uskunalari yordamida eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Royal quyosh suv isitgichlarida issiqlik almashtiradigan uskuna zanglamaydigan po‘latdan yasalgan, bakning ichidagi suv esa oqar suvdir. Aynan shu bois isitgichning bakidagi suvda bakteriyalar umuman yig‘ilmaydi, suvning o‘zi esa doimo toza. Royal quyosh suv isitgichlarining ishlab chiqarish jarayonida ekologik toza Yevropa xomashyolaridan foydalaniladi.
Royal quyosh suv isitgichlarining baklari maxsus issiq saqlaydigan material bilan qoplangani sababli, hatto eng sovuq kunlarda ham kuniga atigi bir foiz issiqlik yo‘qotadi.
Royal quyosh suv isitgichlarining kollektorlari Almeco-Tinox nomli alyuminiy - selektiv qoplamaga ega va eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Ushbu qoplama tufayli Royal quyosh suv isitgichlari 95 foizgacha quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, ularni suv isitishda samarali ishlatadi. Quyosh kollektorlarining ushbu jixati tufayli siz elektr va issiq suv to‘lovlarida 70 foizgacha mablag‘ tejaysiz!
Royal quyosh suv isitgichlari har qanday binoda oson o‘rnatilishi va suv ta'minoti quvurlariga ulanishi mumkin. Hozirda gorizontal va vertikal yuqori sifatli Royal suv isitgichlari ishlab chiqarilmoqda.
Gorizontal quyosh suv isitgichlari 200 va 300 litr hajmga ega bo‘lib, xususiy uylar, kottej va dala hovlilar uchun mo‘ljallangan.
Vertikal quyosh suv isitgichlari 300 litrdan 1000 litrgacha bo‘lgan hajmga ega bo‘lib ko‘p qavatli uylar, davlat inshootlari va ofislar uchun mo‘ljallangan. Royal vertikal quyosh suv isitgichlarining baklarini har qanday issiqlik nasoslari va gibrid tizimlarga ulash imkoniyati bor.
Royal quyosh suv isitgichlari sizni uzoq yillar davomida qishin-yozin issiq suv bilan ta'minlaydi va rohat bag‘ishlaydi. Royal suv isitgichlari – Quyosh kuchi har bir suv tomchisida.
Royal suv isitgichlari uch yil bepul to‘liq kafolatga ega. Qo‘shimcha ma'lumot uchun axborot markaziga (71) 148-88-88 raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling yoki Facebook rasmiy sahifasiga tashrif buyuring: https://www.facebook.com/royaluzb
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
01:02 / 22.11.2024
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
23:55 / 12.09.2024