Jahon | 22:10 / 07.02.2018
12256
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvanda yana kuchli zilzila ro‘y berdi

Foto: Reuters

Tayvanda, Xualyan uyezdi qirg‘oqlari yaqinida 5,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 23.21da (Toshkent vaqti bilan soat 20:21) ro‘y bergan zilzila episentri Xualyandan 19 km shimoli-sharqda, zilzila o‘chog‘i 10,8 km chuqurlikda joylashgan.

Xitoy milliy televideniyesida esa ushbu zilzila kuchi 6,1 magnitudaga teng bo‘lgani haqida xabar berdi.

Tabiiy ofat talofatlari haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Qayd etish kerakki, bu keyingi 24 soat ichida ro‘y bergan ikkinchi kuchli zilzila bo‘ldi. Seshanba kuni Xualyanda 6,5 magnitudali zilzila ro‘y bergan, natijada 7 kishi halok bo‘lib, 260 jabrlandi. Ayni vaqtda 67 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Mavzuga oid