Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
2018 yilning fevral oyi boshlarida B.I., F.A., D.K. va Sh.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy pul birligi hisoblangan “so‘m” pullarni qalbakilashtirishni rejalashtirib, 50.000 so‘mlik kupyuralardan iborat bo‘lgan jami 100 dona 5.000.000 so‘m qalbaki pullarni yasaganlar va mazkur pullarning 3.600.000 so‘mini noqonuniy ravishda o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qildi.

2018 yilning 7 fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida, B.I., F.A., D.K. va Sh.I. Yashnobod tumani joylashgan do‘konda avvaldan yasalgan qalbaki pullar evaziga mahsulot xarid qilmoqchi bo‘lganliklari aniqlanib, ushlanganlar va ulardan 1.400.000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:51
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026
Prezident Hastimom mahallasidagi turistik obektlarda bo‘ldi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
12:40 / 22.01.2026