Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT IShIDga qarshi kurashning yangi bosqichini e'lon qildi
Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS
IShIDga qarshi kurash yangi bosqichga o‘tmoqda, uning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlikning faollashuvini talab qiladi. Bu haqda BMTning aksilterrorchilik boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“IShIDga qarshi kurash yangi bosqichga o‘tmoqda”, deb aytgan Voronkov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning 6-dokladini taqdim qilish vaqtida. Bu hujjatda IShID tomondan solinayotgan xavfga baho berilgan. “IShID Iroq, Suriya va Filippinda katta mag‘lubiyatlarga uchraganiga qaramay, guruh va uning filiallari hanuzgacha jiddiy xavf solmoqda. Bu xavf xarakteri o‘zgarmoqda”, deb aytgan Voronkov.
Uning aytishicha, IShID e'tiborini endi hududlarni bosib olish va ushlab turishga qaratmayapti. Voronkov ta'kidlashicha, guruh “yangi voqeliklarga moslashib”, endi “filiallari ustidan bo‘sh nazoratga ega global tarmoqni” aks ettirmoqda. Terrorchilar teraktlar tayyorlashga va bir-biriga yordam berishga tayyor kam sonli guruhlarga e'tibor qaratmoqda.
Voronkovning aytishicha, Iroq va Suriyaga jangarilar kelishi deyarli to‘xtagan va asosiy xavf o‘z davlatlariga qaytayotgan yoki boshqa hududlarga ko‘chayotgan jangarilardan taralmoqda. U IShIDning tashviqot mashinasi yo‘q bo‘lib ketganiga e'tibor qaratdi, biroq IShID a'zolari zamonaviy aloqa vositalarini hamon faol qo‘llayotganlaridan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
09:19 / 12.03.2026