O‘zbekiston | 10:06 / 10.02.2018
7606
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Toshkentga keladi

Foto: Reuters

Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari va moliya vaziri Kim Dong Yon kelayotgan hafta seshanba kuni Toshkentga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashadi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Tashrif doirasida Janubiy Koreya va O‘zbekiston Moliya vaziri bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi. 

Qayd etilishicha, bu prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishda yangi bosqichga aylanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid