Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Suriyaga oid rejalari ma'lum qilindi
Xitoyning Suriyadagi elchisi Tsi Tsyantszinning ma'lum qilishicha, Pekin Suriya Arab Respublikasining urushdan keyingi rivojlanishi va tiklanishida yanada faol o‘rin tutmoqchi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
«Mening fikrimcha, Suriya rivoji va tiklanishiga barcha sa'y-harakatlarni yo‘naltirish vaqti keldi. Mening o‘ylashimcha, Xitoy bu jarayonda katta o‘rin tutadi, Suriya xalqi va qonuniy hukumatiga ko‘proq yordam taqdim etadi», - deya aytib o‘tdi u.
Elchi Damashqdagi Al-Muvasat shifoxonasiga tashrifi chog‘ida shunday bayonot bilan chiqdi. Ta'kidlanishicha, Xitoy bundan avval Suriyadagi sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga yo‘naltirilgan ko‘plab xayriya ishlarini amalga oshirdi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026