O‘zbekiston | 15:48 / 13.02.2018
16761
3 daqiqa o‘qiladi

Bankomat va infokiosklar – mijozlarga qulaylik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qaroriga asosan ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan aholining turmush farovonligini ta'minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, plastik kartochkalardan foydalanishda  mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida  zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2017 yil davomida 10ta qo‘shimcha bankomat sotib olinib, bankning mintaqaviy  filiallarida ishga tushirildi.

Foto: Qishloqqurilishbank
Foto: Qishloqqurilishbank

Shuningdek, respublika bo‘ylab bankning infokiosklari tarmog‘i kengayib bormoqda. Bankning infokiosklari soni 2015 yilda 26tani  tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 125ta va 2017 yilda 30ta qo‘shimcha infokiosk xarid qilindi. Ayni vaqtda bank tizimida 180 dona infokiosk  aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Infokiosklar bank filiallari, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, kommunal tashkilotlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa aholi gavjum joylarga o‘rnatilgan.

Foto: Qishloqqurilishbank
Foto: Qishloqqurilishbank

Bundan tashqari, Toshkent shahar mintaqaviy filiali tomonidan poytaxtdagi Mirobod bozori hududida va bankning markaziy idorasi binosida bankomat joylashtirilgan. Shu kunlarda bankning Samarqand va  Buxoro mintaqaviy filiallari binolariga bankomatlar joylashtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlarning barchasi aholiga va mijozlarga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni ta'minlash, fuqarolarning  tijorat banklariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga  oshirilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” bankomatlarida bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish  imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Qishloqqurilishbank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
(+99871) 150-39-93, 150-76-47, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid