Jahon | 08:21 / 15.02.2018
5992
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyani kiberhujumlarda aybladi

Foto: Pixabay/Reuters

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tariq Ahmadning ma'lum qilishicha, Rossiya hukumati NotPetya virusidan foydalangan tarzda uyushtirilgan kiberhujumlarga aloqadordir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Britaniya hukumatining fikricha, Rossiya hukumati, xususan, rossiyalik harbiylar 2017 yilning iyunida NotPetya virusi yordamida amalga oshirilgan beqarorlashtiruvchi hujumga mas'uldir. Virusning o‘ylamay qo‘llanilishi tashkilotning butun Yevropa bo‘ylab ishiga zarar yetkazdi va millionlab funtga tushdi. Biz Rossiyani xalqaro hamjamiyatning mas'uliyatli a'zosiga aylanishiga chaqiramiz», - deya ma'lum qildi Ahmad.

Virus bir necha davlatlarga zarar keltirdi, asosan Ukraina kompaniyalari hujumga uchradi. Neft, energetika, telekommunikatsiya, farmatsevtika kompaniyalari, shuningdek, davlat organlari IT-tizimlariga hujum uyushtirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid