Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston uchun elektr energiyasi eksport narxini pasaytirmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi narxini pasaytiradi. Bu haqda Afg‘onistonning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi vakili Qodir Shoh ma'lum qildi.
Afg‘onistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi vakilining afg‘on OAVga xabar berishicha, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Xanif Atmar Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston qo‘shma komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etgan. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya prezident Ashraf G‘anining 2017 yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan.
O‘zbekiston Afg‘onistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi narxini 35 foizga kamaytirdi: kilovatt soatga 7,6 dan 5 sentgacha. Yangi narx shu oydan joriy etiladi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026