Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtotransport vositalari bo‘yicha notarial bojlar qayta ko‘rib chiqildi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi. Jumladan:
avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari, begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi. Bunda davlat boji miqdori 1,7 baravarga arzonlashdi;
avtomashinalarni oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji avtomashinaning chet elda yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilganligidan qat'iy nazar, bir xil belgilandi va uning miqdori o‘rtacha 2-5 marotabaga arzonlashdi.



Mavzuga oid
01:15 / 22.02.2026
Tramp global bojlarni 15 foizga oshirishini e’lon qildi
20:59 / 21.02.2026
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
12:32 / 21.02.2026
AQSh Oliy sudi: Tramp joriy etgan bojlar noqonuniy
09:10 / 21.02.2026