Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp global bojlarni 15 foizga oshirishini e’lon qildi
AQSh Oliy sudi 20 fevral kuni Tramp tomonidan dunyoning aksariyat davlatlariga nisbatan bir tomonlama tartibda joriy etilgan bojlarni noqonuniy deb topgandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga import bojlarini 15 foizga oshirishini e’lon qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
«Men, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti sifatida 10 foizlik global tariflarni zudlik bilan 15 foizga oshiraman», — deb ma’lum qildi Tramp.
U Oliy sudning «o‘ta antiamerikacha» qaroridan so‘ng ushbu qarorga kelganini qo‘shimcha qildi.
AQSh Oliy sudi 20 fevral kuni Tramp tomonidan dunyoning aksariyat davlatlariga nisbatan bir tomonlama tartibda joriy etilgan bojlarni noqonuniy deb topdi. Sudning fikricha, Tramp tariflarni joriy etishda favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash orqali o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan.
Qaror e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, Tramp favqulodda matbuot anjumani o‘tkazdi. U Oliy sud qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini aytib, uning tariflariga qarshi ovoz bergan konservativ sudyalarni “yomon respublikachilar” deb atadi.
AQSh prezidenti boshqa davlatlarga nisbatan embargo kiritishga haqli ekanini ta’kidlab, yangi yig‘imlar joriy etilishini, ammo bu safar boshqa huquqiy asosda amalga oshirishini bildirdi. U 1974 yilgi Savdo to‘g‘risidagi qonunning 122-bo‘limiga tayanib, amaldagi tariflarga qo‘shimcha ravishda 10 foizlik global boj kiritish bo‘yicha farmon imzolashini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026