Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuraturada to‘qqizta yangi boshqarma tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida:
Yoqilg‘i-energetika kompleksida qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;
Moliya-bank sohasida qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;
Bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;
Transport, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha boshqarma;
Sog‘liqni saqlash, ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;
Tadbirkorlik va investitsiyalar huquqiy himoyasi bo‘yicha Boshqarma;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Boshqarma;
Ma'muriy sudda ishlarni ma'lum tartibda ko‘rishda prokuror vakolatlarini ta'minlash bo‘yicha Boshqarma;
Tergovni metodik ta'minlash bo‘yicha Boshqarma tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga ishga noyuridik mutaxassisligi bo‘lgan, kerakli bilim va tajribasi bor yuqori malakali kadrlarni (iqtisodchi, moliyachi, muhandis, sotsiolog va boshqalar) ishga qabul qilish huquqi taqdim etildi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025