O‘zbekiston | 00:55 / 17.02.2018
13531
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodan qator yangi xalqaro yo‘nalishlarda reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (MAK) bilan 2018 yilda Buxoro-Vladivostok-Buxoro, Buxoro-Istanbul-Buxoro, Buxoro-Jakarta-Buxoro, Buxoro-Kuala-Lumpur-Buxoro, Buxoro-Loyan-Buxoro, Buxoro-Parij-Buxoro yo‘nalishlari bo‘ylab qulay va samarali aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga doir muzokaralar olib borilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

"Buxoro" xalqaro aeroportida sayyohlarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha "Sayyohlarni jo‘natish va ularga xizmat ko‘rsatish markazi" vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Turistik tashkilotlardan tushgan arizalar asosida avtotransport vositalarining «Aeroport 2» terminal maydoniga kirish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilindi.

Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid