Farğona vodiysida kuzatilgan kuçli qor yoğişi sabab bir neçta aviareyslar muqobil aerodromlarga yönaltirildi.
Ma’lum qilinişiça, S7 Airlines’ning Irkutsk—Andijon yönalişidagi S76311 reysi ekipaji Öşdagi muqobil aerodromga qönişga qaror qilgan (mahalliy vaqt bilan 00:01 da qöngan).
Air Samarkand’ning Jidda—Namangan yönalişidagi 9S5010 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yönaltirilgan (mahalliy vaqt bilan 00:27 da qöngan). Şuningdek, Ural Airlines’ning Yekaterinburg—Namangan yönalişidagi U62963 reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga qönişga qaror qilgan (mahalliy vaqt bilan 00:40 da qöngan).
Uzbekistan Airways’ning Samara—Namangan yönalişidagi HY9806 reysi ekipaji Toşkentdagi muqobil aeroportga yönalişni özgartirgan (mahalliy vaqt bilan 04:11 da qöngan). FlyOne aviakompaniyasining Madina—Namangan yönalişidagi 7Q4452 reysi ham Toşkentdagi muqobil aeroportga yönaltirilgan (mahalliy vaqt bilan 06:05 da qöngan).
Hozirgi vaqtda Namangan xalqaro aeroporti odatiy rejimda işlayotgani qayd etildi.













