Jahon | 10:05 / 19.02.2018
7439
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil G‘azo sektoriga aviazarba berdi

Foto: Reuters

Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorida falastinliklarning «yerosti infratuzilmasiga» hujum qildi. Bu ushbu hududdan uchirilgan raketaga javoban yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» isroillik harbiylarga tayangan holda.

«Isroil mudofaa armiyasi, aviatsiyadan foydalanib, Isroilga qarata otilgan raketaga javoban G‘azo sektorining janubiy qismidagi yerosti infratuzilmasiga hujum qildi», - deya xabar berishgan Isroil armiyasidan.

Harbiylar aviatsiya zarbasi berilgan aniq nishonlarni ochiqlashmagan.

Kuni kecha G‘azo sektoridan uchirilgan raketa esa xarobazorda qulagan bo‘lib, hech kimga ziyon yetkazmagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan Eronga tegishli uchuvchisiz uchar qurilmani namoyish etar ekan, Tehronni Isroilning sabrini sinamaslikka chaqirgandi.

Mavzuga oid