Netanyahu Myunxenda Eronga tegishli dronni ko‘rsatib, sanksiyalar joriy etishni talab qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Myunxenda o‘tayotgan xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan Eronga tegishli pilotsiz boshqariluvchi uchar qurilmani namoyish etar ekan, Tehronni Isroilning sabrini sinamaslikka chaqirdi, deb yozadi RIA Novosti.
«O‘tgan haftada aql bovar qilmaydigan hodisa ro‘y berdi — Eron pilotsiz qurilmani Isroil hududiga yo‘lladi, biz uni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldik», — degan Netanyahu, zaldagilarga uchar qurilmaning bo‘laklarini namoyish etar ekan.
«Eron dronining manavi bo‘laklariga qarang. Men uni bu yerga olib kelishga qaror qildim. Janob Zarif, uni taniyapsizmi? Bu sizniki. Siz Erondagi johillariga mening xitobimni yetkazishingiz mumkin — Isroilning sabrini sinamanglar», — degan u.
Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy oldinroq Isroil havodan mudofaalanish qo‘shinlari tomonidan «Eron pilotsiz qurilmasi»ning ushlangani haqidagi xabarlarni kulgili deya baholab, Suriyada shu davlat hukumatining iltimosiga ko‘ra Eronning faqat harbiy maslahatchilari hozir bo‘lib turganini ta'kidlagan edi.
Binyamin Netanyahu yadro dasturining rivojiga ta'sir o‘tkazish maqsadida Eronga nisbatan eng qat'iy choralar ko‘rilishiga chaqirgan.
«Bu qurolning rivojlanishini to‘xtatish uchun eng qat'iy sanksiyalar joriy etilishi kerak», — degan Netanyaxu, Myunxenda o‘tayotgan 54-xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.
U «(Eron yadro dasturi bo‘yicha) bitimda yozib qo‘yilgan shartlar Eronni bombadan voz kechishga majburlay olishiga ishonmasligi»ni qo‘shimcha qilgan.
Eron va xalqaro vositachilar «oltiligi» (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, XXR, Fransiya, Germaniya) 2015 yilda Eron atomining ko‘p yillik muammosini tartibga solish haqida tarixiy bitimni tuzishgan edi: keng qamrovli harakatlar rejasi qabul qilingan, Erondan BMT XK, AQSh va YeI tomonidan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar olingan edi. AQShning hozirgi ma'muriyati ushbu bitimni ko‘p tanqid ostiga oladi va uni «AQSh uchun eng yomon kelishuv» deb ta'riflab, undan chiqish haqida bot-bot takrorlamoqda.
AEXA esa, o‘z navbatida, Eron o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarib kelayotganini har chorakda ta'kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
10:20
Hujjatlar sizib chiqishi: Netanyahuning yordamchisiga ayblov qo‘yiladi
10:47 / 11.11.2024
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
10:58 / 07.11.2024