O‘zbekiston | 12:37 / 21.02.2018
18455
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda turli viloyatlar aholisi xizmatlarga qancha sarfladi? 

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yil yanvar oyida hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

2018 yilning yanvar oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p xizmatlar hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi - 1 mln 329 ming so‘m, eng kam – Surxondaryo viloyati (158 ming so‘m).

O‘zbekiston bo‘ylab o‘rtacha aholi jon boshi ko‘rsatkichi 314 ming so‘mni tashkil qildi.

Toshkentdan so‘ng aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati ikkinchi o‘rinda bormoqda - 265,8 ming so‘m, uchinchi Toshkent viloyati – 265,5 ming so‘m.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid