O‘zbekiston | 19:20 / 21.02.2018
14458
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektron pullar to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi

Foto: Huffington Post

O‘zbekistonda 1 sentabrga qadar respublikada elektron pullardan foydalanishni huquqiy tartibga solish to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Kriptovalyutani qonuniylashtirish haqidagi masala 2018-2019 yillarda AKTni tubdan takomillashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ga kiritilgan.

Bandlardan biri sifatida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash” ko‘rsatilgan. Muddat – 2018 yilning 1 sentabriga qadar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid