Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda yana portlash sodir bo‘ldi
Foto: Reuters
Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida yuz bergan portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va yana o‘n nafar inson turli darajada jarohat oldi. Bu haqda RIA «Novosti» Pajhwok agentligiga asosan xabar bermoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Lashkargoh shahrida xudkush terrorchining o‘zini portlatgani tufayli jabrlanganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor. Shuningdek xabar berilishicha, portlash natijasida ikki mahalliy telekanal binosi zarar ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda toliblar hujumi yuz bergani, harbiylar orasida qurbonlar ko‘p ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
12:07 / 06.01.2026