O‘zbekiston | 19:36 / 24.02.2018
18627
1 daqiqa o‘qiladi
Axborot texnologiyalari vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Endilikda Qahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Isroilovich Ahmedxo‘jayev Axborot texnologiyalari vazirligiga rahbar etib tayinlangani, shu vaqtgacha vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Shermatov Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgani xabar qilingandi.