Özbekiston hukumatining axborot texnologiyalari va innovatsiya sohasiga oid özgarişlar röy berdi. KUN.UZ manbasi xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga Azim Isroiloviç Ahmedxöjayev tayinlandi.

Azim Isroiloviç Ahmedxöjayev
Foto: Xalqaro press klub

Bir yildan buyon uşbu vazirlik rahbari vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelayotgan Şerzod Hotamoviç Şermatov endi Innovatsion rivojlaniş vazirligi rahbariga örinbosar böldi.

Şerzod Hotamoviç Şermatov
Foto: Xalqaro press klub

Azim Ahmedxöjayev şu kungaça Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi edi. Endi uning örnini boş vazir örinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlaniş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari kompleksi rahbari Suxrob Xolmurodov egalladi. U boş vazir örinbosari lavozimini saqlab qolgan.

Suxrob Xolmurodov
Foto: Xalqaro press klub

Bundan avvalroq Azim Ahmedxöjayev ATKR vazirligiga rahbar bölişi kutilayotgani, Şerzod Şermatov esa Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri vazifasiga tayinlanişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.