Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya atom energiyasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tayyorlamoqda
Foto: Fotolia
O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikka oid harakatlar rejasini tayyorlaydi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha ma'lum qildi.
«Tomonlar 2018 yilga atom energiyasidan tinch maqsadlarda uchun foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini («yo‘l xaritasi») tayyorlamoqda», - deya aytib o‘tdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Avvalroq, Moskva O‘zbekistonni respublikada ikkita yangi avloddagi energiya blokiga ega atom elektrstansiyasini qurish taklifi bilan chiqqandi. 2017 yilning 29 dekabr kuni, «Rosatom» delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarida foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mavzuga oid
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12
AQSh va Rossiya yana yadroviy qurollanish poygasi yoqasida
14:35
Rossiyaning Zaporijjya tug‘uruqxonasi va tumanlariga zarbalari: kamida 9 kishi yaralandi
13:32