Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda aksilkorruptsion tekshiruvlarning yangi raundi boshlandi
Foto: AP Photo
Xitoyning bosh aksilkorruptsion boshqarmasi yangi tekshiruvlar raundini boshladi. Boshqarma 30 ta viloyatga 15 ta ishchi guruh jo‘natgan. Bu haqda Xitoy kompartiyasining intizomni teshirish bo‘yicha markaziy komissiyasi xabarida aytilgan.
Tekshiruvlar viloyatlardan tashqari bir qator vazirliklar va korxonalarda, jumladan tijorat, madaniyat vazirliklari, bosh bojxona boshqarmasi, davlat statistika boshqarmasi, “Sinxua” axborot agentligi va boshqa davlat kompaniyalarida o‘tkaziladi. Inspektorlar joylarda may oyi oxirigacha bo‘lishadi va yuqori lavozimdagi amaldorlar yo‘l qo‘ygan intizomiy qoidabuzarliklar haqida ma'lumot to‘plashadi.
Korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kurash Si Tszinpin Xitoy raisi lavozimini egallagandan keyin boshlangan. Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 yil ichida bunday qoidabuzarliklar uchun kompartiyaning turli darajadagi 1,52 mln a'zosi jazolangan.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026