Jahon | 12:09 / 26.02.2018
5697
1 daqiqa o‘qiladi

Lesterdagi portlashda to‘rt kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi

Foto: Reuters

Britaniyaning Lester shahrida joylashgan uyda ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda politsiya matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, yana to‘rt inson shifoxonada qolmoqda, ulardan biri jiddiy darajada jarohat oldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda Lesterda terakt sodir etilganidan dalolat beruvchi hech narsa hozircha yo‘q.

Lesterdagi Xinkli-roud ko‘chasida 25 fevral mahalliy vaqt bilan soat 19:19da portlash yuz bergandi.

Mavzuga oid