Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ta'mirdan chiqarilgan “Huvaydo” masjidi ochildi
Toshkent shahri Shayhontoxur tumanida “Huvaydo” jome masjidi ta'mirlanib yana foydalanishga topshirildi.
Masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Rahimberdi Rahmonov ishtirok etdi.
Peshin namozidan keyin ushbu namunali ishlar boshida turgan hurmatli Prezidentimiz, O‘MI raisi muftiy hazratlari haqlariga va masjid ta'mirlanishida xizmat qilganlar, homiylar, ushbu ishlar boshida turgan solih insonlar haqiga ma'ruza va duoyi-xayrlar qilindi.
Masjidga 1701-1780 yillarda Farg‘ona vodiysining Chimyon qishlog‘ida yashab ijod etgan tasavvufiy shoir Huvaydo nomi berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistondagi barcha qadamjolar, ziyoratgohlar, masjid va qabristonlar ta'mirdan chiqarilishi va obodonlashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026