O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda
O‘zbekistonda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha agentlik tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi prezidentning «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasini e'lon qildi.
Farmon loyihasiga ko‘ra, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha agentlik yagona vakolatli organ bo‘ladi va boshqa davlat organlarining funksiyalarini oladi.
Xususan, yangi agentlik Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini iste'molchilar huquqlari hamda reklama to‘g‘risidagi qonunlar talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshirishga doir funksiyalarini oladi.
Davlat soliq qo‘mitasining savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirishga oid funksiyalari ham Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga beriladi. Agentlik matbaa sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshiradi.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
09:50 / 04.10.2024