16 yoshli o‘smirning o‘limida anesteziolog aybdor deb topildi
Xalq orasida ToshMI-2 nomi bilan yuritiluvchi Toshkent tibbiyot akademiyasi Jarrohlik markazi anesteziologi Sherzod Tursunov 16 yoshli Begzod To‘raxo‘jayev vafoti yuzasidan o‘tkazilgan sud ishida aybdor, deb topildi. Bu haqda UzNews xabar bergan.
27 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sud binosida o‘tgan sud jarayonida anesteziolog mazkur ishda aybdor, deb topilgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, Sherzod Tursunov 3 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etildi va ikki yil muddatga tibbiyot sohasida mehnat qilish huquqidan mahrum etildi.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 15 sentabr kuni soat taxminan 23:00da To‘raxo‘jayev Begzodning qorni og‘riyotganidan shikoyat qilgani uchun, uning ota-onasi Toshkent shahar 1-sonli shifoxonaga olib borishgandi. 16 yoshni qarshi olgan Begzodni shifoxona navbatchi vrachi hali yosh bo‘lgani uchun qabul qila olmasligi, ko‘richak yorilishi xavfi bo‘lgani uchun uni zudlik bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga olib borishlari kerakligini aytadi.
To‘raxo‘jayevlar oilasi hali o‘zlarini oldinda katta musibat kutayotganini bilishmas edi. Jarrohlik amaliyoti boshlanganiga ancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, na Begzoddan va na shifokorlardan xabar bo‘ladi. Ota-ona esa soat 5:30da jarrohlik xonasidan shovqin-suron eshitila boshlanganidan so‘ng, xavotirga tusha boshlashadi.
Soat taxminan 7:15da bosh shifokor ishga kelganidan so‘ng, zudlik bilan Begzodning otasi Sadriddin aka shifokorning oldiga borib, soat taxminan 4:30da jarrohlik uchun olib ketilgan bolasidan hali ham xabar yo‘qligini aytadi.
Marhumning yaqin qarindoshlari ushbu voqeadan so‘ng, tegishli organlarga murojaat qilgandi.
Kun.uz voqea tafsilotlariga yana qaytadi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024