Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2018 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Braziliya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Antonio Luis Espinola Salgadoni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Qisqa marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Braziliya geografik jihatdan juda olisda bo‘lganiga qaramay, ular bir birini istiqbolli sheriklar deb hisoblaydi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy-texnologik, sayyohlik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning mavjud salohiyatini keng miqyosda amalga oshirishdan manfaatdordir.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Braziliya munosabatlarini faollashtirish va ularga yanada tizimli tus berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokamasi doirasida Braziliya tomoniga 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
07:22 / 09.05.2026