Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Normativlarni topshirolmagan 16 futbolchi Superliga bahslaridan chetlatildi
Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilmoqda, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Bunday test-sinovlari o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo‘lib, u O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.
Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi. Ta'kidlash joizki, 292 futbolchidan 16 nafari testlardan o‘ta olmadi.
Bu futbolchilarning ismi-sharifi O‘FA xabarida keltirilmagan.
Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilarga qaytadan test-sinovlari topshirmaguncha, litsenziya berilmaydi va ular Superliga bahslarida ishtirok eta olishmaydi.
Qaytadan o‘tkaziladigan test-sinovlari sanasi PFL tomonidan alohida e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
19:49 / 30.11.2025
Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
17:18 / 29.11.2025
«Paxtakor» Superligada ikkinchi, «Nasaf» uchinchi o‘rinni egalladi
18:11 / 22.11.2025