Turkmaniston prezidenti o‘g‘li bilan yangi poyga avtomobilini sinovdan o‘tkazdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Lebap viloyatiga amaliy safari doirasida viloyat ma'muriy markazida qurilgan Xalqaro aeroportning ochilishida ishtirok etdi va «Buyuk Ipak yo‘li» ommaviy musobaqalariga start berdi. Bu haqda Turkmaniston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar qilgan.
«Amul-Xazar» kuzgi rallisiga tayyorgarlik doirasida, «Parij-Dakar» rallisining ikki karra g‘olibasi bo‘lgan Jan-Lui Shlesser Turkmaniston prezidentiga poyga avtomobilini sovg‘a qildi. Davlat rahbari mashinani o‘g‘li Sardor bilan darhol sinovdan o‘tkazib ko‘rgan, deya ta'kidlanadi matnda.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Berdimuhamedov parlamentning deputati ham sanaladi. Gurbanguli Berdimuhammedovda bir o‘g‘il (Sardor), uch qiz va to‘rt nafar nabira bor. U 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti sanaladi.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
16:34 / 11.10.2024