Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vaziri Su-57 samolyoti Suriyada sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma'lum qilishicha, Rossiyaning eng yangi, 5-avloddagi Su-57 qiruvchi samolyotlari Suriyada ikki kun bo‘lib, bir qator, jumladan jangovar sinovdan o‘tkazilgan. Biroq samolyotlar bir hafta avval Rossiyaga qaytarilgan.
Shoygu samolyotlarning avvalroq sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlari haqiqiyligini tasdiqlamadi. Uning aytishicha, samolyotlar yashirin joylarda saqlangan. Shoygu suratlarda samolyotlar yonma-yon turganini, aslida esa bunday bo‘lmaganini aytgan.
“Hozir 1995 yil emas, bunday samolyotlar hech qachon yonma-yon turmaydi”, deb aytgan Shoygu.
Vazir samolyot sinovining to‘liq sikli yil oxirigacha yakunlanishiga umid bildirgan. “Bu hamkasblarimiz uchun yana bitta syurpriz bo‘ladi”, deb aytgan Shoygu.
Suriyaning Hmaymim aviabazasiga Su-57 ko‘p funksional samolyotlari yetkazilgani haqida 22 fevralda ma'lum bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, hammasi bo‘lib ikkita samolyot yetkazilgan. Manbalarning aytishicha, ushbu samolyotlarning Suriyada paydo bo‘lishi AQShning stels-samolyotlari parvoziga “javob” bo‘lgan.
Su-57 samolyotini yaratish bilan P.O.Suxoy nomidagi birlashgan konstruktorlik byurosi shug‘ullangan. Samolyotning ko‘rsatkichlari oshkor qilinmagan, biroq shu ma'lumki, u “havo-havo” va “havo-yer” sinfidagi qurolni olib yura oladi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026