Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda Qashqadaryo viloyatidagi yagona hunarmandlar maskani ishga tushdi
2018 yilning 28 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida hunarmandlar maskani ishga tushdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Mazkur maskanning barpo etilishi nafaqat shahrisabzlik, balki viloyatdagi turli tumanlar, jumladan, Qarshi, Yakkabog‘, Chiroqchi, G‘uzor va Kitob singari tumanlarida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur maskanda faoliyat yuritadigan hunarmandlardan soliq olinmaydi va bundan tashqari yana ko‘plab imtiyozlar beriladi.
- Bugungi kunda davlatimiz tomonidan hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shahrisabz shahrida ochilgan hunarmandlar maskanida savdo yuritilishi ham xaridorlar uchun, ham hunarmandlar uchun qulay hisoblanadi. Bu savdo madaniyatining shakllanishiga olib keladi. Shahrimiz turistik hudud hisoblanadi, mazkur maskanning tashkil etilishi sayyohlar uchun ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda, - dedi ochilish marosimida so‘zga chiqqan Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusurov.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kelajakda mazkur maskan qoshida ustoz-shogird ana'nalariga muvofiq hunarmandchilik ustaxonalari va to‘garaklar tashkil etiladi hamda shu sohaga qiziquvchi yoshlar jalb etiladi.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
19:30 / 07.11.2025
Sun’iy intellektli apparatdan premium palatalargacha: Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?
11:46 / 28.10.2025
Toshkentda naqqoshlik san’ati markazi ochildi
09:21 / 17.09.2025