Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buxoro» yangi futbolchilarni tanishtirdi
Foto: pfcbuxoro.com
«Buxoro» klubi yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi.
Tadbir Buxoro viloyati musiqali drama teatrida tashkil etildi.
Unda Buxoro viloyati hokimi, viloyat futbol federatsiyasi raisi Barnoyev O‘ktam Isoyevich so‘zga chiqib, «Buxoro» klubi yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev so‘z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida va mavsum rejalari haqida so‘zlab berdi.
Tadbirning asosiy qismida yangi kelgan futbolchilar tanishtirildi. Ular: Sergey Rusetskiy, Arslanmurat Amanov, Marko Klisura, Asilbek Amonov, Aziz Ibragimov, Rahmatillo Berdimurodov, Shahboz Erkinov, Shavkat Salomov, Shavkat Mullajonov, Baxodir Nasimov.
Futbolchilarga klub futbolkalari tantanali ravishda topshirildi.
Mavzuga oid
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
15:17 / 17.01.2025
Futbol va buxgalteriya. «Chelsi» nega buncha ko‘p pul sarflay oladi?
17:35 / 06.02.2024
Manba: «Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda
16:29 / 03.08.2022